Top.Mail.Ru
Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi

Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi

21:30 / 04.11.2025 202

Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tgan attestatsiya jarayonlaridagi test topshiriqlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.


Mazkur topshiriqlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining rasmiy sahifalarida tahliliy izohlar ham e’lon qilingandi.


Ammo, muhokamalar haligacha bosilgani yo‘q. Shu sababli, xalqtaliminfo.uz tahririyati attestatsiyadan norozi pedagoglar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini “Tanaffus” podkastiga taklif qilgandi.


Oradan biroz vaqt o‘tgach, vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ingliz tili fani o‘qituvchilarni 5-15-noyabr kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yuzma-yuz muhokama qilish uchun Markazga taklif qildi. Bunga 19 mingdan ortiq pedagoglarning keskin noroziligi sabab boldi.


Ammo, Markaz mazkur jarayonni OAVda yoritish borasida izoh bermagan. Ayni vaqtda xalqtaliminfo.uz'ning Tanaffus podkastiga taklifi borasida o‘qituvchilar tomonidan vakil belgilanganligi ma’lum qilindi, ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmatiga ham bu borada xabar berilgan bo‘lsa-da, hozircha vazirlik tomon aloqaga chiqmadi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya

Ulashish