Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori imzolangani haqida avvalroq xabar bergandik.
Unga ko‘ra, endilikda xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga ham, o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga ham, hatto asosiy olimpiadalarning respublika, viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga ham dars taqsimotida hech qanday ustunlik berilmaydi.
Shuningdek, quyidagi ko‘rsatkichlar ham endi dars taqsimotida hisobga olinmaydi:
- TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;
- respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
- pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
- belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
- pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar.
Ya’ni, yuqoridagi toifadagi o‘qituvchilar mana shunday natijalarni qayd etgan bo‘lsa-da, lekin bu ko‘rsatgichlar dars taqsimotida mutlaqo rol o‘ynamaydi.
Endilikda, dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqsimlanadi:
- oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);
- dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga ko‘ra);
- birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);
- ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);
- oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
- qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar (o‘qituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda taalluqliligiga ko‘ra tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan o‘qituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega bo‘ladi);
- o‘rindoshlik asosida ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar;
- oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
- oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar (faqat boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi o‘qituvchilar uchun);
- oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi.
Bunda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang