O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
2024-yilda dars taqsimoti bo‘yicha ishlab chiqilgan nizom qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi haqida maqola e’lon qilgandik. Nihoyat, dars soatlarini taqsimlashda qo‘llanadigan ustuvor ketma-ketliklarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandi tahrirlanib, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi belgilandi.
Endilikda, dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqsimlanadi:
- oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);
- dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga ko‘ra);
- birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);
- ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);
- oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
- qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar (o‘qituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda taalluqliligiga ko‘ra tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan o‘qituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega bo‘ladi);
- o‘rindoshlik asosida ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar;
- oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
- oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar (faqat boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi o‘qituvchilar uchun);
- oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi.
Bunda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.
Izohlar 15
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Vazirlik o‘qituvchilar malaka toifasi sertifikati muddatini o‘zboshimchalik bilan qisqartirib qo‘ydimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang