Top.Mail.Ru
O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

11:01 / 29.10.2025 64.74k

2024-yilda dars taqsimoti bo‘yicha ishlab chiqilgan nizom qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi haqida maqola e’lon qilgandik. Nihoyat, dars soatlarini taqsimlashda qo‘llanadigan ustuvor ketma-ketliklarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.


Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolandi.


Unga ko‘ra, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandi tahrirlanib, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi belgilandi.


Endilikda, dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqsimlanadi:


  • oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);


  • dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga ko‘ra);


  •  birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);


  • ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilish muddatiga ko‘ra);


  • oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;


  • qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar (o‘qituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi bo‘yicha mazkur bandning ikkinchi – oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda taalluqliligiga ko‘ra tegishli ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan o‘qituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega bo‘ladi);


  • o‘rindoshlik asosida ishlayotgan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar;


  • oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;


  • oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar (faqat boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi o‘qituvchilar uchun);


  • oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.


Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinadi.


Bunda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.

Комментарии 41

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Распределение уроков

Поделиться

line

Тематические новости

You asked

Dars soatlari taqsimoti qonuniy va adolatli amalga oshirilganmi?

Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.

13:25 / 06.10.2026
You asked

O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?

Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.

23:43 / 28.09.2026
You asked

Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.

09:23 / 24.09.2026
You asked

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.

12:31 / 11.09.2026