Maktablarda dars soatlarini taqsimlash va direktor jamg‘armasidan ustama belgilash tartibi avtomatlashtiriladi
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida umumta’lim maktablarida dars soatlarini taqsimlash hamda direktor jamg‘armasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bunda malaka oshirayotgan maktab rahbarlari va pedagoglar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning takliflari o‘rganildi. Uchrashuvda, jarayonlarni raqamlashtirish, qarorlar qabul qilishda shaffoflik va xolislikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish masalalari ko‘tarilgan.
Ishtirokchilar amaldagi tartiblarni soddalashtirish, adolatli elektron mexanizmlarni joriy etish hamda mavjud muammolarni amaliyotchi mutaxassislarning takliflari asosida hal qilish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirgan.
Dars soatlari inson omilisiz taqsimlanishi mumkinmi?
Dars soatlarini taqsimlashda shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirish maqsadida jarayonni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish taklif etilmoqda. Taqdimotda ushbu mexanizmni 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab joriy etish, bunda pedagoglarning malakasi, hujjatlari va belgilangan ustuvorliklarini hisobga olgan holda dars soatlarini elektron platforma orqali taqsimlash nazarda tutilgan.
Unda jarayonni besh bosqichda amalga oshirish taklif etilmoqda
- Soatlar fondini aniqlash. Fanlar, sinflar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida mavjud dars soatlarini aniqlash;
- Hujjatlarni tekshirish. Pedagoglarning diplom, sertifikat, malaka toifasi va boshqa tegishli hujjatlarini hisobga olish;
- Avtotaqsimot. Belgilangan ustuvorliklar va teng mezonlar asosida dars soatlarini avtomatik taqsimlash;
- Tasdiqlash. Taqsimot natijalarini pedagogik kengashda ko‘rib chiqish va elektron shaklda tasdiqlash;
- Murojaat va audit. Pedagoglarning murojaatlarini o‘rganish, o‘zgarishlar hamda nazorat tadbirlarini amalga oshirish.
Taqdimotda nizomga kiritilishi mumkin bo‘lgan ayrim takliflar ham aks etgan. Jumladan, avtomatik taqsimotda pedagogning bir yoki bir nechta mezon bo‘yicha ustuvor huquqini belgilash, qayta taqsimlash uchun aniq asos, muddat va elektron ro‘yxatni joriy qilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, pedagogik kengash majlisida taqsimotga asos bo‘lgan ma’lumotlarni ochiq muhokama qilish, minimal yuklama me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va 1,5 stavkagacha bo‘lgan cheklovni saqlash masalalari ilgari surilgan.
Tajriba-sinov jarayonining natijalarini baholash uchun esa avtomatik taqsimot ulushi, qayta taqsimlashlar soni va sabablari, asosli o‘zgarishlar bo‘yicha signal holatlari, e’tirozlar soni va ularni hal etish darajasi, shuningdek, taqsimotdan qoniqish darajasi kabi mezonlar taklif etilgan.
Bu mexanizmning amaliyotga joriy etilishi dars soatlarini taqsimlashda shaxsiy munosabatlar va subyektiv qarorlar ta’sirini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Direktor jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlashda ham shaffoflik zarur
Dars soatlarini taqsimlash bilan bir qatorda, direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pedagoglarga ustama belgilash tartibi ham yillar davomida muhokamalarga sabab bo‘lib kelayotgan masalalardan biri.
Xalqtaliminfo.uz bu boradagi takliflarni bundan avval ham ilgari surgan. Xususan, 2024-yil 29-iyunda “O‘qituvchilarga inson omilisiz ustama tayinlash tizimini yo‘lga qo‘yish lozim” sarlavhali maqola e’lon qilingandi.
Unda direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash jarayonida ayrim hollarda noxolis yondashuvlar, pedagoglar faoliyatini xolis baholamaslik va ishchi guruhlar qarorlariga tashqi aralashuvlar yuz berishi mumkinligi aytilgandi.
Ayni paytda amaldagi me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan maktab rahbarlari va pedagoglarning fikrlarini o‘rganish ishlari davom etyapti.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Maktablarda dars soatlarini taqsimlash va direktor jamg‘armasidan ustama belgilash tartibi avtomatlashtiriladi
19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi
“Ta’lim tizimida tartib o‘rnataman” — Erkinjon Turdimov
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Тематические новости
You asked
O‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayaptimi?
Yangi o‘quv yili oldidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash jarayonida pedagoglar orasida savollar ko‘paymoqda. Xalqtaliminfo.uz’ga kelib tushayotgan murojaatlarda aytilishicha, bu yil ayrim maktablarda o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayapti. 20 soatdan ortib qolgan dars soatlari esa o‘qituvchilarga berilmay, vakant sifatida ko‘rsatilmoqda.
You asked
Ikkita fandan dars beradigan o‘qituvchiga ustama qanday to‘lanadi?
Baholash natijalariga ko‘ra, pedagog 100 ballgacha to‘plashi va to‘plagan ballidan kelib chiqib, unga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama belgilanishi mumkin.
You asked
Предоставят ли баллы учителям, имеющим национальный сертификат, за 70% надбавку?
Дополнительная надбавка выплачивается только педагогам, принявшим участие в квалификационном испытании (на обоих этапах) и достигшим (или сохранившим) высшую и первую квалификационные категории.
You asked
Metodbirlashma rahbarlari KRK sertifikati olmasa, ustamasi bekor bo‘ladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 26-bandiga ko‘ra, fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik birlashma rahbarlariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 10 foiz miqdorida har oylik ustama belgilanishi mumkin.
Русский
Редактировать комментарий