Top.Mail.Ru
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi

Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi

16:00 / 30.12.2025 216

Sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Umarova Hilola O‘ktamovna pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya ishini himoya qildi.


U Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishning metodologik jarayonlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini yoqladi va unga Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 30-dekabr kungi qarori bilan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi.


Eslatib o‘tamiz, Hilola Umarova 2023-yil, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgan davrida “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini yoqlab, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandi.



Izohlar 2

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Xilola Umarova

Ulashish