Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
18:00 / 01.06.2026
76
Joriy yil 1-iyundan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida qabul jarayonlari har yili iyun–sentyabr oylarida o‘tkaziladi.
Ma’lumki, davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalarni o‘qishga qabul qilish faqat imtihon natijalari asosida amalga oshiriladi. Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish esa har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Xususiy oliygohlar orasida Profi University talabalarni kirish imtihoni orqali qabul qiladigan kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi. Abituriyentlar mazkur oliygohga o‘qishga qabul qilinishi uchun universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilangan quyidagi ballarni qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi:
- Stomatologiya — 100 ball
- Davolash ishi — 100 ball
- Iqtisodiyot — 80 ball
- Axborot tizimlari va texnologiyalari (IT) — 80 ball
- Ingliz tili filologiyasi — 80 ball
- Turizm va mehmondo‘stlik — 70 ball
- Bank ishi — 80 ball
- Pedagogika — 70 ball
- Psixologiya — 80 ball
- Buxgalteriya va audit — 80 ball
- Marketing — 80 ball
- Rus tili va adabiyoti — 70 ball
- O‘zbek tili — 70 ball
- Maktabgacha ta’lim — 60 ball
- Boshlang‘ich ta’lim — 70 ball
E’tiborlisi, oliygohlarga qabul jarayonlari endigina boshlangan bo‘lsa-da, ayrim xususiy universitetlarda abituriyentlar soni ming nafardan oshmoqda. Bu esa yoshlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan talabi yuqoriligini hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalari ta’lim bozorida tobora muhim o‘rin egallab borayotganini ko‘rsatadi.
Masalan, Profi University’da bugun bo‘lib o‘tgan kirish imtihonida 1 158 nafar abituriyent ishtirok etdi. Qabul natijalari esa imtihon yakunlari e’lon qilingach ma’lum bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilgi qabul jarayonida Profi University kirish imtihonlarida 42 649 nafar abituriyent qatnashgan bo‘lsa, ulardan 7 831 nafari talabalikka tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-avgustdan boshlab har bir nodavlat oliy ta’lim muassasasi uchun qabul parametrlarining eng yuqori ko‘rsatkichi belgilangan. Kvotalar universitetlarning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati hamda o‘quv-dasturiy ta’minotidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.
Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha talabalar qabuliga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘qishga qabul faqat akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilishi shart.
Qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumotlar har yili 1-oktyabrdan kechiktirmasdan HEMIS axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Nodavlat OTMlarda talabalarning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, o‘qishdan chetlashtirish hamda bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish tartibi davlat oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Profi University oliygohi o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi. Universitet Toshkent shahridagi Bektemir va Beruniy kampuslari hamda Navoiy viloyatidagi filiali orqali ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlariga ko‘ra, oliygohning ilmiy salohiyat darajasi 38 foizni tashkil etadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
09:00 / 26.05.2026
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
12:00 / 21.05.2026
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
12:00 / 19.05.2026
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
13:00 / 18.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
MMTVga bo‘ysinadigan oliygohlarda “Qalqon” patrullari tashkil etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 76-sonli buyrug‘i bilan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
12:01 / 25.02.2026
Yangiliklar
Oliygohlarda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi
2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
08:04 / 15.02.2026
Yangiliklar
Bu yil davlat granti kvotasining 84,2 foizini maktab bitiruvchilari egalladi
Bu yil maktabni 438 869 nafar o‘quvchi tamomlab, ulardan 75 foizi OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashgan. Bunda maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish imtihonlarida maksimal ballni egallash ko‘rsatkichi 5 barobarga oshgan.
14:50 / 07.09.2025
Bilasizmi?
Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?
Oliygoh tanlash bo'yicha tavsiyalar
10:46 / 11.09.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang