"Ustoz-2021" tanlovida g'olib bo'lgan o'qituvchilar Turkiyaga yo'l olmoqda
00:01 / 27.01.2024
1.97k
Bundan 3 yil avval O‘qituvchilar assosiatsiyasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi" tanlovidan tubdan farq qiluvchi, "Ustoz-2021" tanlovi o‘tkazgandi.
Tanlovning 8 nafar g‘olibiga esa 30 million so‘m pul mukofoti, sertifikat va boshqa qimmatbaho sovg‘alar hamda Dubayda bo‘lib o‘tadigan "Global Teacher Prize 2022" tanloviga yo‘llanma berilishi kerak edi.
G‘oliblarga 30 million so‘m pul mukofoti, sertifikat va sovg‘alar topshirilgan, ammo ularni Dubayga yuborish va’dasi bajarilmagandi.
Bizdagi tasdiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra ana shu g‘oliblar vazir Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan 2024-yil 22-24-yanvar kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida hozirgina Turkiyaga jo‘nab ketishdi.
Ma'lumot uchun: "Ustoz-2021" milliy mukofoti tanlovi uchun 29 850 nafar pedagog ishtirok etgan. Tanlovning ilk bosqichida 4301 nafar nomzod ishtirok etib, ulardan 40 nafari finalga yetib kelgan.
Tanlovda 40 nafar finalistdan 8 nafari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan:
➖ "Tashabbuskor ustoz" — Rozimov Zakir
➖ "Ta’lim sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun" —Tulyakova Rayxan
➖ "Umid timsoli" — Norova Mexriniso
➖ "Boshlang‘ich ta’lim fidokor ustozi" — Umurzakova Dildoraxon
➖ "Matonatli ustoz" — Olimova Nilufar
➖ "Fidoyi ustoz" — Mamajonov Ulug‘bek
➖ "Mehridaryo ustoz" — Hilola Norova
➖ "Plyus 1" — Kamolov Iqboljon.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
12:52 / 04.11.2025
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
17:06 / 03.11.2025
“Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
12:21 / 03.11.2025
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
00:30 / 01.11.2025
Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi
Boshqarma boshliqlariga xizmat avtomashinalarini topshirish tadbirida Prezident yordamchisi (hozirda Prezident Administratsiyasi rahbari) Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
18:50 / 27.06.2025
Yangiliklar
Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
Avvalroq tanlov g‘oliblari e’lon qilingandi
18:30 / 06.01.2025
Yangiliklar
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Tez kunlarda tanlov g‘oliblar taqdirlanadi
23:00 / 31.12.2024
Podkast
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?
12:36 / 16.05.2023
O'zbek
Izohingizni tahrirlang