Yangi maktab darsliklari mazmunini muhokama qilish taklif qilindi — Qozog‘iston

12:00 / 28.02.2024
3.47k
Qozog‘istonliklar yangi ishlab chiqilgan darsliklarni muhokama qilishga taklif qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Xalq ta’limi vazirligining Ta’lim mazmunini ekspertiza qilish Respublika ilmiy-amaliy markazi ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.kz.
Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonda 12-fevraldan boshlab yangi darsliklarning jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilmoqda. Muhokama jarayonida qozog‘istonliklar darsliklarning mazmuni, tuzilishi, uslubiy yondashuvlari, taqdimot tili va dizayni bo‘yicha fikr bildirishlari mumkinligi aytilgan.
“Ommaviy muhokamada ilmiy-pedagogik jamoatchilik vakillari, metodistlar, olimlar, shuningdek, darsliklar sifatiga befarq boʻlmagan qozogʻistonliklar ishtirok etish imkoniyatiga ega”, — deyiladi xabarda.
Buning uchun qozog‘istonliklar maxsus veb-portaldan ro‘yxatdan o‘tishi, darsliklar maketlari bilan tanishishi va “sharh qo‘shish” bo‘limida o‘z izohlarini, taklif va fikrlarini yozishi va yuborishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham yangi avlod darsliklari yaratilmoqda. 2022-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi avlod darsliklari bilan tanishuv jarayonida xalqaro tajriba sinovi darslari bilan tanishgandi.
29-dekabrdagi uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 1-yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida o‘qitilishini aytgandi. Keyinroq ilg‘or xorijiy tajribalar asosida boshlang‘ich sinflar uchun 775 nomda yaratilgan yangi avlod darslik majmualari 72 mln nusxada chop etilgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

11:44 / 03.07.2025
Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

13:51 / 02.07.2025
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

18:50 / 27.06.2025
Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

20:35 / 26.06.2025
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Rossiya darsliklardagi tarixni “yaxshilash” niyatida – O‘zbekiston bunga rozi bo‘lganmi?
Rossiya Maorif vazirligi MDH davlatlaridagi ayrim ta'lim vazirliklari bilan bilan birgalikda tarixiy o‘tmishga yagona yondashuvni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.
15:23 / 29.06.2025

O‘quvchilarga berilgan darsliklarni kim nazorat qilib borishi kerak?
Mazkur ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi
11:29 / 17.12.2024

2025-yilda 81 mln nusxada darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy bayonot berdi
18:48 / 12.12.2024

Maktab darsliklari bu yil ham tekin bo‘ladi
Bu xabarni vazirlik mulozimi tasdiqladi
21:19 / 06.12.2024
Izohingizni tahrirlang