Top.Mail.Ru
Yangi maktab darsliklari mazmunini muhokama qilish taklif qilindi — Qozog‘iston

Yangi maktab darsliklari mazmunini muhokama qilish taklif qilindi — Qozog‘iston

12:00 / 28.02.2024 2.73k
Qozog‘istonliklar yangi ishlab chiqilgan darsliklarni muhokama qilishga taklif qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Xalq ta’limi vazirligining Ta’lim mazmunini ekspertiza qilish Respublika ilmiy-amaliy markazi ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.kz.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonda 12-fevraldan boshlab yangi darsliklarning jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilmoqda. Muhokama jarayonida qozog‘istonliklar darsliklarning mazmuni, tuzilishi, uslubiy yondashuvlari, taqdimot tili va dizayni bo‘yicha fikr bildirishlari mumkinligi aytilgan.
“Ommaviy muhokamada ilmiy-pedagogik jamoatchilik vakillari, metodistlar, olimlar, shuningdek, darsliklar sifatiga befarq boʻlmagan qozogʻistonliklar ishtirok etish imkoniyatiga ega”, — deyiladi xabarda.
Buning uchun qozog‘istonliklar maxsus veb-portaldan ro‘yxatdan o‘tishi, darsliklar maketlari bilan tanishishi va “sharh qo‘shish” bo‘limida o‘z izohlarini, taklif va fikrlarini yozishi va yuborishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, so
nggi yillarda O‘zbekistonda ham yangi avlod darsliklari yaratilmoqda. 2022-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi avlod darsliklari bilan tanishuv jarayonida xalqaro tajriba sinovi darslari bilan tanishgandi. 

29-dekabrdagi uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 1-yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida o‘qitilishini aytgandi. Keyinroq ilg‘or xorijiy tajribalar asosida boshlang‘ich sinflar uchun 775 nomda yaratilgan yangi avlod darslik majmualari 72 mln nusxada chop etilgandi. 

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • darsliklar
  • Qozog'iston

Ulashish