Top.Mail.Ru
Finlandiya maktablarida ish vaqti

Finlandiya maktablarida ish vaqti

16:00 / 10.03.2024 1.80k
“Garchi Helsinkida to‘liq stavkada ishlagan bo‘lsamda, bu bor-yo‘g‘i 24 soatni tashkil etardi. Shundan 15 daqiqalik tanaffuslarni olib tashlaydigan bo‘lsak, ko‘pi bilan 18 soat o‘quv yuklamasi qoladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, amerikalik o‘qituvchilarda bu ko‘rsatgich o‘rtacha 26,8 soatni tashkil etadi va ular (OESD) IHTT ga a’zo mamlakatlar ichida eng yuqori o‘rinni egallaydilar.

Finlandiya ta’lim muassasalari ko‘pincha 16:00 larda deyarli bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi. Helsinkidagi maktabda ishlab yurgan kezlarimda bir kuni maktab direktori oldimga kelib, ochiqchasiga “Xo‘sh, nima bo‘ldi, uyda sizni kutishmayaptimi” deb so‘ragandi.

Boshqa safar soat uch yarimlar edi. Bo‘shab qolgan o‘qituvchilar xonasida ishlab o‘tirganimda, direktor xonim yana oldimga kelib “Uyga ketish vaqti bo‘ldi” degandi” — deb yozadi Helsinkidagi maktabda ishlagan amerikalik o‘qituvchi Timoti Uoker.

Demak, Finlandiya ta’lim mo‘jizalaridan biri xodimlar ko‘rsatgichi ularning ish stolida qancha vaqt o‘tkazishiga qarab emas balki, ish unumdorligiga qarab belgilanar ekan.

Shuningdek, Finlandiyada o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchi uchun ham pedagog uchun ham hech qachon stressga aylanmasligi kerak degan qoida mavjud.

Ya’ni, Finlandiya maktablarida o‘qituvchilar ish joyiga o‘quv yili boshlanishidan ikki oy avval ham emas, bir oy avval ham emas atigi bir kun qolganda kelishadi.

Eng qizig‘i shundaki, fin maktablarida yangi o‘quv yilining birinchi kunida odatiy darslardan voz kechish amaliyoti juda keng tarqalgan. Ya’ni, maktabga qaytgan bolalarning dars jarayoni va maktabga qayta moslashib olishi uchun birinchi kunidanoq dars o‘tilmaydi.

Darslarning o‘ringa esa turli xil ko‘rinishdagi o‘yin va jismoniy mashqlar bajaradilar xolos. Bularning bari bolalar va o‘qituvchilarda stress hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida qilinadi.

Aslida Finlandiya ta’limida juda katta moʻjizalar yo‘q. Ular shunchaki, ta’limga quvonch olib kirishgan. Barcha ta’lim ishtirokchilariga esa katta ishonch va erkinlik berganlar.

Timoti Uokerning “Finlandiya ta’lim mo‘jizasi” kitobidagi ma'lumotlar asosida

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Finlandiya

Ulashish