Top.Mail.Ru
Navro‘z bayramida pedagoglar 4 kun, o‘quvchilar 7 kun dam oladilar

Navro‘z bayramida pedagoglar 4 kun, o‘quvchilar 7 kun dam oladilar

09:00 / 20.03.2024 1.85k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari kunlari belgilangan.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan 4 kun ketma-ket dam oladilar.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra maktab o‘quvchilari uchun 7 kunlik bahorgi ta’til belgilangan.

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);
22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Maktab o‘quvchilari uchun III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, 21-mart bahorgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 7 kalendar kun, ya’ni 27-martga qadar davom etadi. IV chorak esa 28-martdan boshlanadi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ta'til

Ulashish