Top.Mail.Ru
Ramazon Hayitida xodimlar necha kun dam olishi aniq bo‘ldimi?

Ramazon Hayitida xodimlar necha kun dam olishi aniq bo‘ldimi?

10:30 / 08.04.2024 3.19k
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilyotgani haqida ma'lum qildi.

Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuni etib belgilansa, shunda:

  • 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni. 9-aprel, seshanba kuni MK 187-moddasiga ko‘ra, har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi;
  • 11-aprel, payshanba — ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 13-aprel, shanba — ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
  • 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Asos:
Mehnat kodeksining 207-208-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ta'til
  • Ish vaqti

Ulashish