Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi?
23:00 / 27.05.2024
8.00k
Savol
Men asli “Nemis tili va adabiyoti” yo‘nalishini tamomlaganman. 2010-yildan boshlab shu sohada ishladim. 2019-yildan esa qayta tayyorlovdan o‘tib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida ishlab kelyapman.
Ustama uchun hujjat topshirsam, direktorimiz faqat boshlang‘ichda ishlagan yillaringiz hisobga olinadi deyapti. Boshlang‘ichda ishlaganimga endi 5 yil bo‘libdi, qolgan ish stajim qo‘shilmas emish. Shuni qonuniy asoslab berolasizmi?
Ustama uchun hujjat topshirsam, direktorimiz faqat boshlang‘ichda ishlagan yillaringiz hisobga olinadi deyapti. Boshlang‘ichda ishlaganimga endi 5 yil bo‘libdi, qolgan ish stajim qo‘shilmas emish. Shuni qonuniy asoslab berolasizmi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 1-ilova, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonining 5-ko‘rsatgichida o‘qituvchining pedagogik ish stajiga qarab ballar berilishi nazarda tutilgan.
Bunda pedagog xodim ish stajiga qarab quyidagicha baholanadi:
- pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha bo‘lsa – 4 ball;
- pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lsa – 7 ball;
- pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori bo‘lsa – 10 ball beriladi.
Bunda o‘qituvchining pedagogik ish staji mehnat daftarchasiga qarab aniqlanib, uning barcha pedagogik ish staji hisobga olinishi lozim. Sababi, nizomda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan.
Ya’ni, o‘qituvchining pedagogik ish staji sifatida nafaqat umumta’lim muassasasidagi barcha faoliyat davri, balki ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi (maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim) ish staji ham inobatga olinadi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sizning 2010-yildan boshlab shu kungacha bo‘lgan barcha ish stajingiz inobatga olinib, sizga maksimal 10 ball berilishi lozim deb hisoblaymiz.
Ustamalar mavzusiga oid boshqa ma’lumotlar bilan tanishish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Laziz Xo‘jaqulov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
14:42 / 01.02.2025
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
14:16 / 30.01.2025
Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
10:00 / 30.01.2025
Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
16:50 / 29.01.2025
Poytaxt maktablarida milliy libos kiyish majburiy etib belgilandi...mi?
Mavzuga doir yangiliklar
Bilasizmi?
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
Qanday tadbirlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?
2025-2026-o‘quv yili uchun tadbirlar ro‘yxati
15:07 / 04.02.2025
Boshqa bir fan o‘qituvchisi ingliz tilidan sertifikat olsa, ustama to‘lab beriladimi?
Bunda o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi lozim
00:00 / 02.02.2025
“Turon” maktab teatri tanlovi natijalari ustamaga ball berishda hisobga o‘tmaydimi?
Ushbu ballarni bekor qilib yuborish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi
23:59 / 26.01.2025
70 fozilik ustama o‘qituvchining oylik maoshidan kelib chiqib beriladimi?
Mazkur ustama pedagoglar tarif stavkasining amaldagi miqdorlariga nisbatan to‘lab berilishi kerak
14:37 / 18.01.2025
Izohingizni tahrirlang