Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
16:00 / 11.06.2024
22.50k
Savol
Direktor jamg‘armasidan tayinlanadigan ustamaga da’vogarlik qilmoqchiman. Kerakli hujjatlarni jamlashim uchun esa biroz vaqt ketib qoldi. Endi ularni Ishchi guruhga topshirmoqchi bo‘lsam, ular ustama uchun hujjatlar qabuli allaqachon tugagan deb, rad javobi berishdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 12-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan Ishchi guruh har yili 1-iyulga qadar umumta’lim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholashi va navbatdagi o‘quv yili uchun yuqori natija ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilashi lozim.
Ya’ni, Ishchi guruh maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda kutubxona xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mezonlar asosida o‘rganib chiqib baholashi va bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi qarorni 1-iyulga qadar chiqarishi mumkin.
To‘g‘ri, ayrim ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar pedagog xodimlarning katta qismi iyun oyidan boshlab mehnat ta’tiliga chiqib ketishini hisobga olib, 1-iyulni kutib o‘tirmay, uddatidan ancha avvalroq pedagoglarga ustama tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilib qo‘yadilar.
Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri qaror emas. Chunki, ayrim hollarda pedagoglarga bo‘liq bo‘lmagan vaziyatlar vujudga kelishi mumkin.
Shu sababli, yuqoridagi kabi ayrim holatlarni e’tiborga olib, ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha, pedagoglarga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi qarorni muddatidan avval emas, aynan 1-iyulga qadar qabul qilishi maqsadga muvofiq.
Masalan, Ishchi guruh qarorni 30-iyun kuni qabul qilsa, boshqa pedagog xodimlar ham direktor jamg‘armasidan ustama olishga ulgurib qolishi mumkin bo‘lardi. Shuning uchun Ishchi guruhlar nizomda belgilab berilgan muddat bo‘yicha ishlashini tavsiya qilamiz.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
09:40 / 16.06.2026
Oliygoh bitiruvchilari sifati indeksida ta’lim yo‘nalishi yetakchi uchlikdan joy oldi
15:47 / 15.06.2026
Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi
10:40 / 15.06.2026
2026-yil sentyabrga qadar maktablarga 2000 nafar “til egalari” jalb qilinadi
18:17 / 12.06.2026
Endi maktablarda “Halollik to‘garagi” o'tiladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024
Yangiliklar
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
12:48 / 02.06.2026
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
00:01 / 15.02.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang