O‘qituvchilarning ma’lumotlari “ERP” bazaga noto‘g‘ri kiritilganligi sababli ommalashtirish sertifikatlarida xatolik ketgan

09:00 / 12.06.2024
5.83k
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug‘i bilan o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirishning yangi tartibi ishlab chiqilib, joriy yil 1-martdan boshlab takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul qilish jarayonlari boshlangandi.
Yaqinda esa ommalashtirish.uz platformasida ommalashtirishga tavsiya etilgan metodik ishlar natijalari e’lon qilinib, sertifikatlarni onlayn ravishda tarqatish boshlangandi.
Pedagog xodimlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika ta’lim markazi tomonidan Telegram messenjerida ochilgan kanalda ma’lum qilinishicha, o‘qituvchilarning ma’lumotlari “ERP” bazaga noto‘g‘ri kiritilganligi sababli sertifikatlarda xatolik ketgan.
“Oxirgi paytlarda ayrim o‘qituvchilar tomonidan sertifikatlarimni to‘g‘rilab beringlar, o‘zinglar xato qilgansizlar shaklidagi gaplar dilni xira qiladi. Birinchidan, erp.maktab.uz platformasiga barcha maktablar kiril alifbosida qo‘shilgan shuning uchun barcha sertifikatlar kirill, lotin aralashib chiqib kelmoqda.
Ikkinchidan, ayrim o‘qituvchilar avval boshqa tuman yoki viloyatda va yoki maktabda ishlab, keyin ish joyini o‘zgartirgan, bu vaziyatda eski joyidan “ERP” bazadan o‘zini chiqarib yangi maktabga ro‘yxatdan o‘tkazmagan. Shu sababli tumanlar, maktablar raqamlari farq qilmoqda.
Uchinchidan, ayrim o‘qituvchilar profillarida ism, familiya xato yozilgan yoki ikki marta berilgan, ya’ni “ERP” tizimi bilan integratsiyada yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli shunday bo‘lgan.
Shulardan kelib chiqib barcha muammolar hal qilinayotganini butun ommalashtirishga topshirganlarga birdek yordam berayotganimizni, muammo bo‘lsa javob berib hal qilib berishga tayyorligimizni bildirib qolamiz”, deyiladi pedagoglarga qilingan murojaatda.
Ma’lum bo‘lishicha, ommalashtirish bo‘yicha sertifikatlarning soxta ko‘rinish (fake)lari ham paydo bo‘lgan.
Respublika ta’lim markazi o‘z sertifikatlarida QR-kodlardan foydalanishni joriy qilganligini, o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish platformasi tomonidan beriladigan rasmiy sertifikatlar faqat Respublika ta’lim markazi tomonidan berilishini ma’lum qildi.
“Bu sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirishda QR-kodni smartfoningiz orqali skanerlab, ochilgan ma’lumotlar www.ommalashtirish.uz havolasiga bog‘liqligidan bilishingiz mumkin. Boshqa havolalar orqali ochilgan sertifikatlar haqiqiy hisoblanmaydi”, - deyiladi rasmiy bayonotda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

09:12 / 05.07.2025
8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi

11:44 / 03.07.2025
Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

13:51 / 02.07.2025
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

18:50 / 27.06.2025
Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi
Mavzuga doir yangiliklar

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024

O‘qituvchilardan ommalashtirilgan ish uchun pul talab qilindi, bunda vazirlikka aloqador tashkilotlarning ham qo‘li bormi?
Masalaning qiziq jihati shundaki, ishlari maktab miqyosida ommalashtirilgan pedagoglarning shaxsiy telefon raqamiga 4546 raqamidan SMS xabarnomalar yuborilgan. Ushbu xabarda esa maktab miqyosida ommalashtirilgan ish uchun PDF shakldagi sertifikatni 49 ming so‘m evaziga yuklab olish taklifi berilgan.
23:36 / 08.06.2025

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
22:00 / 08.06.2025

Ommalashtirish uchun tayyorlangan metodik ishga qanday talablar qo‘yilgan?
Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.
20:30 / 04.03.2024
Izohingizni tahrirlang