Yangi tartib bo‘yicha ommalashtirish jarayoni qay tartibda amalga oshiriladi?
Xabaringiz bo‘lsa, pedagog xodimlar ish tajribalarini ommalashtirishning yangi tartibini joriy qilish maqsadida ommalashtirish jarayoni vaqtincha to‘xtatilgandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrugʻi bilan o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirishning yangi tartibi ishlab chiqildi.
Xo‘sh, yangi tartib bo‘yicha
ommalashtirish jarayoni qay tartibda amalga oshiriladi?
Endikikda ommalashtirish uchun
tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya
ko‘rinishda boʻlishi lozim. Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida
bo‘lmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar
oʻrganilmaydi.
Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda
ommalashtiriladi:
➖ maktab miqyosida;
➖ tuman (shahar) miqyosida;
➖ viloyat miqyosida;
➖ respublika miqyosida.
Metodbirlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengashda talabgorning metodik ishi
mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda
baholash mezoniga muvofiq ishlab chiqilganligi oʻrganib chiqiladi hamda maktab
miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirmaslik boʻyicha Pedagogik kengash
qaror qabul qiladi.
Agar talabgorning metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, ommalashtirishga loyiq
deb hisoblansa, Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida
ommalashtiriladi va ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi
bosqichlarga yuboriladi.
➖ metodik ishiga ijobiy xulosa
berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik
kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;
➖ ommalashtirish uchun tavsiya
etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron
(pdf) nusxasi;
➖ oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
(obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.
Metodik xizmat koʻrsatish
boʻlimining tavsiyasi asosida respublika miqyosida ommalashtirish uchun
yuborilgan metodik ishlar Respublika taʼlim markazining Ilmiy-metodik
kengashida oʻrganiladi. Bunda, talabgor tomonidan metodik ishi yuzasidan
taqdimot qilinib, maksimal 20 ball bilan baholanadi.
Taqdimot uchun baholash mezoni Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilib,
respublika bosqichi boshlanishidan bir oy oldin ommalashtirish.uz platformasiga
joylashtiriladi. Respublika bosqichida umumiy 86-100 ball bilan baholangan
metodik ish Ilmiy-metodik kengash tomonidan respublika miqyosida ommalashtirish
toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Respublika miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Respublika taʼlim markazining
Ilmiy-metodik kengash qarori har yili 30-mayga qadar ommalashtirish.uz
platformasiga joylashtirilishi lozim. Ilmiy-metodik kengash qaroridan norozi
boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat
qilishlari mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi uchun 7 balldan 15 ballgacha berililishi mumkin.
O‘qituvchilarning ma’lumotlari “ERP” bazaga noto‘g‘ri kiritilganligi sababli ommalashtirish sertifikatlarida xatolik ketgan
Ma’lum bo‘lishicha, ommalashtirish bo‘yicha sertifikatlarning soxta ko‘rinishlari ham paydo bo‘lgan.
20-may kuni ommalashtirishga tavsiya qilingan ishlar e’lon qilinadi
“Rad etilgan” metodik ishlar va rad etish sabablari ham eʼlon qilinadi.
Izohingizni tahrirlang