Ommalashtirish uchun tayyorlangan metodik ishga qanday talablar qo‘yilgan?
20:30 / 04.03.2024
16.82k
Birinchi navbatda, ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.
Metodik qoʻllanma yoki Metodik tavsiyaning tuzilishi quyidagicha bo‘lishi lozim:
1.Muqova (titul)
2.Sarlavha
2.Sarlavha
3.Annotatsiya
4.Tarkib
5.Mundarija
6.Kirish
7.Asosiy qism
8.Xulosa
9.Ilovalar (qoʻshimcha materiallar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, testlar, xaritalar – agar bor boʻlsa.)
Metodik qoʻllanma yoki Metodik tavsiyaning mazmunga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
Amaldagi fan dasturlariga mos ravishda yoki dasturlarni takomillashtirish uchun ishlab chiqilganligi;
Metodik qoʻllanma yoki Metodik tavsiyada “Qanday oʻqitish kerak?” degan savol ochib berilishi, shuningdek, topshiriq namunalari, shakllar, diagrammalar, sxemalar, jadvallar, xaritalar va shunga oʻxshash yordamchi elementlardan foydalanish boʻyicha tushuntirishlarning mavjudligi;
Taklif qilinayotgan metodikaning yangiligi;
Fan, kasb, mavzulararo integratsiyaning mavjudligi;
Fan, kasb, mavzulararo integratsiyaning mavjudligi;
Muayyan pedagogik muammoni hal qilish, oʻquv dasturining ayrim boʻlim, bob va mavzularni oʻrganishga qaratilganligi;
Tanlangan mavzuning dolzarb boʻlishi, oʻqituvchilarga mavzu yuzasidan aniq maʼlumot berilishi, aniq metodik maqsadga yoʻnaltirilganligi;
Oʻquvchilarga bilim, koʻnikma, munosabat, qadriyatlar va xulq-atvorni oʻzlashtirishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan vositalar va materiallar bilan bir qatorda strategiyalar, oʻqitish usullari va metodlari, oʻqituvchi tomonidan olib boriladigan dastlabki tayyorgarliklarning keltirilishi;
Oʻquv sohasi, mavzusi va oʻquvchilarni tadqiqotga, kundalik hayotda uchragan turli muammolarga yechim topishga yoʻnaltiradigan loyihalar va shunga oʻxshash amaliy tadqiqotlarning mavjudligi;
Oʻquvchilarga qaratilgan amaliy topshiriqlarni yaratish usullari, oʻyinlar, tanlovlar, viktorinalar uchun namunali savollar, ochiq tadbirlar, sayohat rejalarini tashkil etish usullarining mavjudligi;
Zarur tushunchalar lugʻati kiritilganligi;
Material tizimli va tushunarli bayon qilinganligi.
Shakliy-texnik talablar quyidagicha:
Metodik qoʻllanmaning eng kam hajmi 24 bet, Metodik tavsiyaning eng kam hajmi 10 betdan iborat boʻlishi;
Annotatsiya 4-8 gapdan oshmasligi;
Kalit soʻzlar (indeksatsiya uchun) 6-8 soʻzdan iborat boʻlishi;
“Times new roman” shrifti, “Microsoft word” redaktoridan foydalanish;
Betlarni avtomatik tarzda belgilash;
Jadvallar “microcoft word”ning “tablitsa” funksiyasi orqali kiritish;
Matn shrifti 12-14, qatorlar oraligʻi 1 intervalda boʻlishi;
Ilovalar hajmi cheklanmagan, lekin ular matnga mos kelishi (matnda ularga havolalar berilishi);
Matnda foydalanilgan adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida berilishi, foydalanilgan manbalar roʻyxati kamida 5 nomdan iborat boʻlishi kerak.
Agar qo‘llanma nazariy havolalarni talab qilmasa, faqat amaliy boʻlsa, unda foydalanilgan manbalar roʻyxatini taqdim qilmasa boʻladi. boʻlimlar soni va hajmi cheklanmagan.
Til, uslub, maʼno va ifodaga qoʻyilgan talablar:
Oʻzbek tilidan toʻgʻri foydalanish;
Tilning ifoda boyligi, maʼno nozikliklariga eʼtibor berish;
Tildan foydalanishda til va madaniy meros xususiyatlariga ega boʻlgan adabiy mahsulotlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni buzmaydigan noziklikka rioya qilish;
Hali tilga kirib ulgurmagan, oʻzbekcha ekvivalenti boʻlmagan xorijiy soʻzlarga izoh berish; jargon, haqorat, kamsitish va h.k. bayonotlar kiritilmasligi;
Oʻquvchilarning sinf darajalariga mos til va ularning soʻz boyligini boyitish;
Tarkibda semantik yoki strukturaviy ifoda buzilishi boʻlmasligi;
Tarkibda hech qanday imloviy, tinish va uslubiy xato boʻlmasligi;
Asosiy va amaldagi imlo qoidalariga muvofiq boʻlishi;
Ifoda tamoyillari (ravonlik, soddalik, ravshanlik, oddiylik) keraksiz ritorika va iboralardan uzoqda va tushunarli boʻlishi;
Ifoda keraksiz soʻzlardan, bir xil maʼnoli iboralardan va soʻz takrorlaridan xoli boʻlishi;
Matnni tashkil etuvchi birliklar (gap, paragraf va boshqalar) oʻrtasidagi maʼno va ifodaning yaxlitligi taʼminlanishi kerak.
Mazkur talablar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7 -fevraldagi 32-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish uchun tayyorlangan metodik ishga qoʻyilgan talablar va baholash mezoni”da koʻrsatib oʻtilgan.
Mazkur talablar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7 -fevraldagi 32-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish uchun tayyorlangan metodik ishga qoʻyilgan talablar va baholash mezoni”da koʻrsatib oʻtilgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
10:30 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
14:42 / 01.02.2025
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
14:16 / 30.01.2025
Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
10:00 / 30.01.2025
Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
Yangiliklar
Yangiliklar
Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
14:45 / 02.07.2024
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi uchun 7 balldan 15 ballgacha berililishi mumkin.
22:30 / 23.06.2024
O‘qituvchilarning ma’lumotlari “ERP” bazaga noto‘g‘ri kiritilganligi sababli ommalashtirish sertifikatlarida xatolik ketgan
Ma’lum bo‘lishicha, ommalashtirish bo‘yicha sertifikatlarning soxta ko‘rinishlari ham paydo bo‘lgan.
09:00 / 12.06.2024
20-may kuni ommalashtirishga tavsiya qilingan ishlar e’lon qilinadi
“Rad etilgan” metodik ishlar va rad etish sabablari ham eʼlon qilinadi.
20:00 / 11.05.2024
Izohingizni tahrirlang