2025-yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega bo'lgan o‘qituvchilar oylik maoshi oshiriladi
15:00 / 19.06.2024
8.99k
Shavkat Mirziyoyev bugun maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, taqdimotda 2025-yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi. Maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bu borada malaka oshirish markazlari hamda pedagogika kollejlari imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur. Shu maqsadda, Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog‘cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga o‘tkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi tashkil qilinishi aytildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
09:28 / 18.10.2024
Malaka toifasi uchun pul to'lab, arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda
18:21 / 17.10.2024
2025-yilda ta’lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
15:39 / 15.10.2024
Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
13:44 / 15.10.2024
"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bilasizmi?
Oylik maosh
Intervyu
2025-yilda ta’lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi
18:21 / 17.10.2024
So'rovnoma
O'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan ajoyib so'rovnoma
15:00 / 27.05.2024
Podkast
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?
12:36 / 16.05.2023
Intervyu
O‘qituvchilar qancha oylik olyapti - xalqning fikri qanday?
17:25 / 04.05.2023
Izohingizni tahrirlang