Bolalar bog‘chasida go‘sht “urib qolinishi” ortidan mudira ishdan olindi

12:40 / 15.07.2024
4.37k
Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi bog‘chada bolalar haqiga xiyonat qilinayotgani haqidagi videolavha tarqaldi. Shundan so‘ng, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 10-iyul kuni Peshku tuman hokimi Vahobjon Qahhorov rahbarligida ishchi guruhi tuzilib, tumandagi ijtimoiy obyektlar qatorida 14-MTT faoliyati ham o‘rganilgan.
O‘rganish jarayonida muassasa oshxonasida tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan birinchi ovqatga 5,850 gramm, ikkinchi ovqatga esa 300 gramm go‘sht solingani aniqlangan.
Ushbu bog‘chada 158 nafar bola ro‘yxatga olingan bo‘lib, tekshiruv o‘tkazilgan kuni 150 nafar bolaga ovqat tayyorlanayotgan bo‘lgan.
Ayni paytda MTT mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

17:08 / 17.09.2025
Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

16:49 / 16.09.2025
Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

14:18 / 15.09.2025
Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

14:08 / 15.09.2025
Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar

Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilingan.
10:00 / 30.08.2025

Darslarni adolatsiz taqsimlangan direktorga 4 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin
Maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan dars soatlarini taqsimlash borasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasa, ularga nisbatan javobgarlik bor.
15:22 / 21.08.2025

O‘qituvchilarni maktab “remontiga” jalb qilgan direktor ishdan bo‘shatilib, unga 41,2 mln so‘m jarima solindi
Ma’lum bo‘lishicha, maktab direktori tomonidan o‘qituvchilar dars soatlari kam ajratilishi bilan qo‘rqitilib, ta’mirlash ishlariga majburiy chiqarilgan.
09:46 / 05.08.2025

Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev maktab uchun ajratilgan yerga ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
12:32 / 10.07.2025
Izohingizni tahrirlang