Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Nukus shahridagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi mazkur maktab direktori o‘rinbosarining topshirig‘iga asosan, kasbiy sertifikat olish bo‘yicha sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga Chimboy tumanida ishlovchi hamkasbidan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangandi. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.
Pedagog kadrlarning malaka toifa test sinovlarini o‘tkazish jarayonida, sinov xavfsizligini ta’minlash va nazorat qilish vazifasidan foydalanib, yashirin aloqa vositalari va Telegram-guruhlar orqali test javoblarini tarqatib, pul evaziga o‘qituvchilarga ijobiy natija olib bertish yo‘li bilan firibgarlik sodir etgan shaxslar ishi sudda ko‘rib chiqildi.
Sud hujjatida keltirilishicha, voqealar Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan 2025-yilgi pedagoglar attestatsiyasi jarayonida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, attestatsiya jarayonidan oldin test materiallari bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish va ularni imtihon topshirayotgan pedagoglarga yetkazish uchun turli texnik vositalardan foydalanilgan.
Pedagoglarni noqonuniy ravishda attestatsiydan o‘tkazish uchun amalga oshirilgan ishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bosh metodisti, Milliy gvardiya xodimi, ixtisoslashtirilgan maktab direktorining o‘rinbosari, ikki o‘qituvchi va boshqa shaxslarning qo‘li borligi aniqlangan.
Sxema qanday ishlagan?
Bir guruh shaxslar tomonidan pedagoglarni attestatsiya sinovlaridan kerakli ballni to‘plagan holda o‘tkazib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarigacha pul talab qilingan. Mazkur jarayon esa bir nechta bosqichda amalga oshirilgan.
Dastlab, o‘qituvchi testga kirishidan oldin unga qanday kiyim kiyishi, qanday aloqa vositasidan foydalanishi va kim bilan bog‘lanishi kerakligi tushuntirilgan. Shuningdek, ularga aloqa vositalari bilan ichkariga kirgach, telefon kamerasi obyektivini ekrandagi savollarga aniq va tiniq ko‘rinishi uchun to‘g‘ri qaratib qo‘yishni, savollarga javoblarni aytib boshlaganda atrofdagilarga sezdirmaslik, agar uni telefon bilan ushlab olishsa, ularni sotib qo‘ymaslik va boshqalar bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma o‘tkazgan. Bunda attestatsiya test savollarini auditoriyadan tashqariga chiqarilishi ham reja qilingan.
Pedagog xodim testga kirishi oldidan uning uchun maxsus aloqa vositalari tayyorlangan, keyin esa test sinoviga kirish joyidagi Milliy gvardiya xodimiga oldindan kelishilgan parol so‘zni aytishi kerak bo‘lgan.
Undan tashqari “kelishuvga” erishgan pedagoglarga ularni oson tanib olish uchun test sinoviga qora rangli kiyim kiyib kelishi aytilgan. Shundan so‘ng pedagoglar aloqa vositalari bilan tekshiruvdan o‘tmasdan testga kiritilishi rejalashtirilgan.
Aloqa vositalari orqali olingan ma’lumotlar oldindan tashkil etilgan maxsus Telegram guruhiga yuborilgan. Ushbu guruhda esa test savollarini ishlab beruvchi shaxslar ham bo‘lgan.
Telegram guruhga yetib kelgan test savollari guruh a’zolari tomonidan tezkorlik bilan ishlab chiqilib, uning javoblari test jarayoniga maxsus quloqchin bilan kirgan boshqa pedagoglarga ham yetkazib turilgan.
Sud hujjatida keltirilishicha, attestatsiya imtihonidan jobiy natija bilan o‘tkazib berish evaziga bir qancha pedagoglarda pul olingan. Ularning ayrimlaridan 500 AQSH dollari, ayrimlaridan esa 1000 AQSH dollaridan olingan.
Sud barcha sudlanuvchilarni pora olish va bir qator og‘irlashtiruvchi holatlar bo‘yicha aybsiz deb topdi (jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli), biroq ularni firibgarlik (JK 168-moddasi) moddasida aybli deb topdi. Barchasiga 1 yildan 2 yil 11 oygacha axloq tuzatish ishi jazosi (ish haqidan 20% ushlab qolish bilan) hamda muayyan lavozimlarda ishlash huquqidan vaqtincha mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda ham malaka toifalarini belgilash uchun o‘tkazilgan attestatsiya imtihonlari doirasida test sinovlarini topshirishlarida pedagog xodimlarga moddiy manfaat evaziga “bunker” orqali masofadan turib yordam berganlik holati aniqlangandi.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov bilan to‘liq qamrab olinadi, 10 ta oliygoh Top-1000 ga kiritiladi — prezident farmoni
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Matematika va fizika o‘qituvchilari attestatsiya testlaridan norozi
2026-yilgi kuzgi attestatsiya sinovlarida matematika va fizika fanlari bo‘yicha berilgan test topshiriqlarining murakkabligi, ularni bajarish uchun ajratilgan vaqt hamda o‘qituvchilar to‘playotgan ballar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
So'ragan edingiz
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?
Attestatsiya jarayonida test topshirayotgan paytimda kompyuter ishlamay qolsa yoki texnik nosozlik sababli testni davom ettira olmasam, bu holatda testni qayta topshirishim mumkinmi?
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang