Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi?
Savol
Sentyabrdan ishga qaytmoqchiman. Dekretdan qaytganlar faqatgina ta’tildan avvalgi darsini o‘ta oladi xolosmi? Masalan, dekret ta’tiliga chiqmasdan avval dars 10 soat edi. Ishga qaytganimdan keyin ham shu 10 soatga ishlaymanmi?
Javob
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Ya’ni, xodim dekret ta’tilidan qaytganda uning darslari qayta taqsimlanadi. O‘qituvchining ko‘rsatgich natijalari yuqori bo‘lsa, unga avvalgidan ham ko‘proq dars soatlari ajratilishi mumkin.
Umuman olganda, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi, degan qoida yo‘q.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Oliy toifali o‘qituvchi 23 soat, 1-toifali o‘qituvchi 16 soat: dars taqsimoti qonuniymi?
Bunda birinchi malaka toifaga ega bo‘lgan pedagogga 20 soat dars berilishi uchun ikki nafar oliy toifaga ega bo‘lgan pedagoglarning yozma roziligi olinishi kerak bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Ikkita mutaxassislikka egalik dars taqsimotida ustunlik beradimi?
Dars soatlari pedagogning umumiy o‘quv yuklamasi va nizomda belgilangan ustuvorlik mezonlari asosida, boshqa pedagoglarning huquqlari ham inobatga olingan holda taqsimlanishi lozim.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayaptimi?
Yangi o‘quv yili oldidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash jarayonida pedagoglar orasida savollar ko‘paymoqda. Xalqtaliminfo.uz’ga kelib tushayotgan murojaatlarda aytilishicha, bu yil ayrim maktablarda o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayapti. 20 soatdan ortib qolgan dars soatlari esa o‘qituvchilarga berilmay, vakant sifatida ko‘rsatilmoqda.
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishi kerak? Vazirlik izoh berdi
Avvalroq, xalqtaliminfo.uz’da boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasiga doir maqola e’lon qilingandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang