Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi?
Savol
Sentyabrdan ishga qaytmoqchiman. Dekretdan qaytganlar faqatgina ta’tildan avvalgi darsini o‘ta oladi xolosmi? Masalan, dekret ta’tiliga chiqmasdan avval dars 10 soat edi. Ishga qaytganimdan keyin ham shu 10 soatga ishlaymanmi?
Javob
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Ya’ni, xodim dekret ta’tilidan qaytganda uning darslari qayta taqsimlanadi. O‘qituvchining ko‘rsatgich natijalari yuqori bo‘lsa, (olimpiadalardagi natijasi, toifa, sertifikat va h.k) unga avvalgidan ham ko‘proq dars soatlari ajratilishi mumkin.
Umuman olganda, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
“Tarbiya” fani qayta tayyorlashda o‘qigan psixologga beriladimi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga?
Ushbu fanni psixolog ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ham o‘qitishi mumkin
Joriy o'quv yilidan pensionerlarga faqat 6 soat dars beriladimi?
Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarni dars soatlari bilan ta’minlash borasida xabarlar tarqaldi
30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos
Dars taqsimoti bo‘yicha nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda
Nizomni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj mavjud edi
Izohingizni tahrirlang