“Tarbiya” fani qayta tayyorlashda o‘qigan psixologga beriladimi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga?

Savol
O‘rta maxsus ma’lumotli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Hozirda oliygohda sirtqi ta’limda o‘qiyapman. Direktorimiz “Tarbiya” fanini bizga bermay, qayta tayyorlovni yaqinda tamomlab qaytgan psixologga berdi. Shu qonunan to‘g‘rimi?
Javob
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 1-4-sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitishga ruxsat berilgan. Bu haqda Bosh vazirning ko‘rsatmasi ham berilgan.
Shuningdek, “Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishini tamomlagan psixologlarga ham maktablarda tarbiya fanini o‘qitishga ruxsat etilgan.
Ammo psixologlarning “Tarbiya” fanidan dars berish mavzusi biroz bahsli masala. Shu sababli, aynan shu masalaga batafsil to‘xtalib o‘tishimiz lozim.
Aslida “Tarbiya” fanini umumta’lim muassasalarida o‘qitilishi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qarori bilan tartibga solinadi.
“Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqini olishi uchun ular tahsil olgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lish sharti qo‘yilgan.
Agar ayrim davlat va nodavlat oliygohlari o‘quv dasturiga o‘zgartirish kiritmagan bo‘lsa, ushbu oliygoh talaba va bitiruvchilari “Tarbiya” fanidan dars berolmaydi. Bunda ular “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqini olishi uchun kasbiy qayta tayyorlash kursini tamomlashi kerak bo‘ladi.
E’tibor bering, bu yerda psixologiya emas, aynan “Tarbiya” fanidan qayta tayyorlash kursini tamomlaganlik sharti qo‘yilmoqda.
Ya’ni, yuqoridagi vaziyatda pedagogik mutaxassislikka ega faqat “Psixologiya” fani bo‘yicha qayta tayyorlov kursida o‘qigan bo‘lsa va qayta tayyorlov o‘quv dasturida “Tarbiya” fani mavjud bo‘lmasa, mazkur kursda o‘qigan psixologga “Tarbiya" fanidan dars berib bo‘lmaydi.
Shu sababli, bu vaziyatda ish beruvchilar kasbiy qayta tayyorlash kursi o‘quv dasturida “Tarbiya” fani mavjud ekanligiga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
Agar ikki talabgorning ham “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi mavjud bo‘lsa, dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” nizom bilan belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.
Bunda dars soatlari birinchi navbatda qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilarga beriladi, shundan so‘ng o‘rta maxsus ma’lumotga ega o‘qituvchilarga beriladi.
Bunda maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi

Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarda ham informatika fani joriy etiladi
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-2-3-sinflarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.

Rahbar xodimlar darsi uchun soatbay haq to‘lanishi to‘g‘rimi?
Bu ish haqi miqdorining kamayishiga olib kelmaydi

O‘qituvchining bir stavkadan ortiq dars soatlari vakant sifatida ko‘rsatilishi shartmi?
Bu masala yuzasidan tegishli vazirliklarga so‘rov yuboriladi

O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Ularga 30 soatgacha dars berish mumkin, ammo...
Izohingizni tahrirlang