Top.Mail.Ru
Dars taqsimoti bo‘yicha nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Dars taqsimoti bo‘yicha nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda

15:09 / 24.08.2024 21.93k

Xabaringiz bor, ayni vaqtda pedagoglar o‘rtasida darslar taqsimoti 2020-yilda ishlab chiqilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.


Ammo hozirgi kunga kelib, nizomni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj mavjud ekanligi sababli, ayni vaqtda mazkur hujjatga ozgartirish kiritilmoqda.


Maktabgacha va maktab ta
limi vazirligi mas’ul xodimining xalqtaliminfo.uz tahririyatiga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda nizomning har bir bandi Ishchi guruh tomonidan muhokama qilinib, takliflar organib chiqilmoqda.

Tez orada yangi nizom loyihasi ishlab chiqilib, soha ekspertlari hamda tajribali pedagoglar bilan yana muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz,
avvalroq dars taqsimoti bo‘yicha nizomda juda ko‘plab muammoli bandlar mavjudligi sababli, hujjat qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha yetarlicha asoslarni keltirib o‘tgandik.

Izohlar 23

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti

Ulashish