Dars taqsimoti bo‘yicha nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Xabaringiz bor, ayni vaqtda pedagoglar o‘rtasida darslar taqsimoti 2020-yilda ishlab chiqilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Ammo hozirgi kunga kelib, nizomni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj mavjud ekanligi sababli, ayni vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimining xalqtaliminfo.uz tahririyatiga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda nizomning har bir bandi Ishchi guruh tomonidan muhokama qilinib, takliflar o‘rganib chiqilmoqda.
Tez orada yangi nizom loyihasi ishlab chiqilib, soha ekspertlari hamda tajribali pedagoglar bilan yana muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dars taqsimoti bo‘yicha nizomda juda ko‘plab muammoli bandlar mavjudligi sababli, hujjat qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha yetarlicha asoslarni keltirib o‘tgandik.
Izohlar 23
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi

Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarda ham informatika fani joriy etiladi
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-2-3-sinflarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.

Rahbar xodimlar darsi uchun soatbay haq to‘lanishi to‘g‘rimi?
Bu ish haqi miqdorining kamayishiga olib kelmaydi

O‘qituvchining bir stavkadan ortiq dars soatlari vakant sifatida ko‘rsatilishi shartmi?
Bu masala yuzasidan tegishli vazirliklarga so‘rov yuboriladi

O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Ularga 30 soatgacha dars berish mumkin, ammo...
Izohingizni tahrirlang