Menejerlik kursida o‘qigan 485 nafar nomzod sertifikat ololmadi
Xabaringiz bor, joriy yil 1-fevraldan boshlab umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslariga start berilgandi.
O‘quv kurslari davomida nomzodlar ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlashga doir qator modullar asosida o‘qitilmoqda.
Belgilangan tartibga ko‘ra amaldagi direktorlar yoki direktorlikka nomzodlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida joriy qilingan 1 oylik menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi hamda menejerlik sertifikatini olishi kerak bo‘ladi.
144 soatni tashkil etadigan mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat olish uchun yakuniy sinovlardan ham o‘tishi kerak bo‘ladi. Bunda test sinovlari uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy topshiriqlar uchun 40 ball (jami 100 ball) berilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, hozirgi kunga qadar menejerlik o‘quv kursida 1319 nafar direktorlikka nomzodlar o‘qitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berilgan.
Menejerlik kursida o‘qigan 485 nafar nomzodlar esa sertifikat ololmagan. Umumiy hisobda menejerlik sertifikati ololmagan nomzodlar ulushi 36.8 foizni tashkil qilmoqda.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yilda ta’lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.
Endi menejerlik kursida o'qib, sertifikat ololmagan direktorlarga yana bir bor imkoniyat beriladi
Amaldagi tartibga o‘zgartirishlar kiritildi
2025-yildan bog‘cha direktorlariga ham menejerlik sertifikati beriladi, sentyabrdan esa 30 foizlik ustama joriy qilinadi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 531-sonli qarori imzolandi
Menejerlik sertifikatini olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga ham 30 foizlik ustama to‘lanadimi?
ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
Izohingizni tahrirlang