Top.Mail.Ru
Menejerlik kursida o‘qigan 485 nafar nomzod sertifikat ololmadi

Menejerlik kursida o‘qigan 485 nafar nomzod sertifikat ololmadi

12:45 / 25.07.2024 4.23k

Xabaringiz bor, joriy yil 1-fevraldan boshlab umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslariga start berilgandi.


O‘quv kurslari davomida nomzodlar ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlashga doir qator modullar asosida o‘qitilmoqda.


Belgilangan tartibga ko‘ra amaldagi direktorlar yoki direktorlikka nomzodlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida joriy qilingan 1 oylik menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi hamda menejerlik sertifikatini olishi kerak bo‘ladi.


144 soatni tashkil etadigan mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat olish uchun yakuniy sinovlardan ham o‘tishi kerak bo‘ladi. Bunda test sinovlari uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy topshiriqlar uchun 40 ball (jami 100 ball) berilmoqda.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, hozirgi kunga qadar menejerlik o‘quv kursida 1319 nafar direktorlikka nomzodlar o‘qitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berilgan.


Menejerlik kursida o‘qigan 485 nafar nomzodlar esa sertifikat ololmagan. Umumiy hisobda menejerlik sertifikati ololmagan nomzodlar ulushi 36.8 foizni tashkil qilmoqda.

Izohlar 2

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • menejerlik

Ulashish