Top.Mail.Ru
Sirdaryolik o‘quvchi shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Sirdaryolik o‘quvchi shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

15:00 / 05.08.2024 1.00k

Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha Sirdaryolik maktab o‘quvchisi g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimi matbuot xizmati xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, Sardoba tumani 18-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Bahrom Baxrillayev bu turnirda 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.


Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev yosh shaxmatchi bilan telefon orqali muloqot qilib, g‘alaba bilan uni tabrikladi.


Ma’lumot o‘rnida, Bahrom Baxrillayev 6-7-avgust kunlari o‘tkaziladigan blits yo‘nalishidagi bahslarda ham ishtirok etadi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Yutuq
  • Shaxmat

Ulashish