Baho ortidan o‘qituvchiga bosim o‘tkazgan ota-ona jarimaga tortildi

Shahrixon tumanida maktab o‘qituvchisi M. N.dan farzandiga baho qo‘yishni talab qilgan ota-ona sud tomonidan jarimaga tortildi. O‘qituvchi huquqbuzar ota-onadan moddiy va ma’naviy zarar ham undirib olgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchining ota-onasi S. S. hamda G. S. o‘qituvchining yashash xonadoniga kelib, farzandiga baho qo‘yishini aytib, uning bilimini to‘g‘ri va xolis baholanishiga ta’sir ko‘rsatgan hamda pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilgan.
Huquqbuzarlik holati jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tumani sudida ko‘rib chiqilgan hamda ota-onaning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasi (ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida, ya’ni 2 million 380 ming so‘m ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.
Shundan so‘ng holat bo‘yicha jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan M. N. fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilib, o‘quvchisining ota-onasidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uchun 3 million 325 ming so‘m, ma’naviy zarar uchun esa 3 million so‘m undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilishni so‘ragan.
Biroq da’vogar sud majlisida javobgarlar bilan huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararlarni undirish masalasida kelishib olganligini ta’kidlagan. Shu bois sud arz qilingan talabdan voz kechishni qabul qilib, fuqarolik ishini ish yuritishdan tugatish haqida ajrim chiqardi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar

Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilingan.

Darslarni adolatsiz taqsimlangan direktorga 4 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin
Maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan dars soatlarini taqsimlash borasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasa, ularga nisbatan javobgarlik bor.

O‘qituvchilarni maktab “remontiga” jalb qilgan direktor ishdan bo‘shatilib, unga 41,2 mln so‘m jarima solindi
Ma’lum bo‘lishicha, maktab direktori tomonidan o‘qituvchilar dars soatlari kam ajratilishi bilan qo‘rqitilib, ta’mirlash ishlariga majburiy chiqarilgan.

Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev maktab uchun ajratilgan yerga ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Izohingizni tahrirlang