Baho ortidan o‘qituvchiga bosim o‘tkazgan ota-ona jarimaga tortildi

Shahrixon tumanida maktab o‘qituvchisi M. N.dan farzandiga baho qo‘yishni talab qilgan ota-ona sud tomonidan jarimaga tortildi. O‘qituvchi huquqbuzar ota-onadan moddiy va ma’naviy zarar ham undirib olgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchining ota-onasi S. S. hamda G. S. o‘qituvchining yashash xonadoniga kelib, farzandiga baho qo‘yishini aytib, uning bilimini to‘g‘ri va xolis baholanishiga ta’sir ko‘rsatgan hamda pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilgan.
Huquqbuzarlik holati jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tumani sudida ko‘rib chiqilgan hamda ota-onaning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasi (ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida, ya’ni 2 million 380 ming so‘m ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.
Shundan so‘ng holat bo‘yicha jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan M. N. fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilib, o‘quvchisining ota-onasidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uchun 3 million 325 ming so‘m, ma’naviy zarar uchun esa 3 million so‘m undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilishni so‘ragan.
Biroq da’vogar sud majlisida javobgarlar bilan huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararlarni undirish masalasida kelishib olganligini ta’kidlagan. Shu bois sud arz qilingan talabdan voz kechishni qabul qilib, fuqarolik ishini ish yuritishdan tugatish haqida ajrim chiqardi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar

Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
O‘qituvchini direktor lavozimiga tayinlash uchun 3 ming dollar pora olgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Maktab hududida xavfli tarzda avtomobil boshqargan “zavxoz”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqanddagi maktablardan birida xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir lavozimida ishlovchi shaxs o‘z boshqaruvidagi avtomobilni maktab hududidagi stadionda yuqori tezlikda va xavfli tarzda boshqardi.

Bu safar kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 337 mln so‘m mablag‘ undirib berildi
Ma’lum bo‘lishicha, pedagog xodimning kasb kasalligi bo‘yicha nogironlik guruhi uchinchi bo‘lib, u kasbiy mehnat layoqatini 40 foizga yo‘qotilgan.

Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
Ushbu tovon puli sud orqali undirildi
Izohingizni tahrirlang