Top.Mail.Ru
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgani aytildi

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgani aytildi

17:15 / 04.10.2024 1.22k

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oliy sud taqdim etgan ma’lumotlar asosida 2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlili natijalarini e’lon qildi.


Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.


Antikorrupsiya agentligi tahlilida keltirilishicha, joriy yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi jami 285 nafar xodimlar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan. 


Bu ko‘rsatgich, 2023-yilning birinchi yarim yilligida 237 nafarni tashkil etgan. Joriy yil bilan solishtirilganda esa korrupsiyaviy jinoyatlar soni 48 taga ko‘payganini ko‘rish mumkin.


Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 82 ball bilan “yaxshi” natijani qayd etgandi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Korrupsiya
  • vazirlik

Ulashish