Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgani aytildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oliy sud taqdim etgan ma’lumotlar asosida 2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlili natijalarini e’lon qildi.
Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Antikorrupsiya agentligi tahlilida keltirilishicha, joriy yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi jami 285 nafar xodimlar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan.
Bu ko‘rsatgich, 2023-yilning birinchi yarim yilligida 237 nafarni tashkil etgan. Joriy yil bilan solishtirilganda esa korrupsiyaviy jinoyatlar soni 48 taga ko‘payganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 82 ball bilan “yaxshi” natijani qayd etgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi
Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
Ular vazirlik tomonidan yo‘llangan javob ham e’lon qilishga va’da berdi
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
Bu "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonunni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish hisoblanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga noma’lum shaxs 5000 AQSH dollari tashlab ketti
Holat vazir Hilola Umarovaning shaxsan nazoratiga olindi
"RayONO"ga boshliqlik uchun $55 000, o‘qituvchilikka $1000: ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
Fuqarolar firibgarlik va pora berishda ayblangan
Izohingizni tahrirlang