Attestatsiyadan o‘tolmagan rahbar xodimga dars berish to‘g‘rimi?
Savol
Men matematika fani metodbirlashma rahbariman. Bizning metodbirlashmada direktor o‘rinbosari ham matematika fanidan dars oladi, mutaxassisligi matematika, lekin majburiy attestatsiyalardan o‘ta olmaganligi sababli mutaxassisga tushib qolgan. Unga dars berish qanchalik to‘g‘ri?
Javob
Dars taqsimoti “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami: 3271) 15-bandiga asosan amalga oshiriladi.
Nizomning 15-bandidagi ko‘rsatgichlarga muvofiq dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchining erishgan yutuqlari (o‘quvchilarining olimpiadalarda olgan o‘rinlari, chet tili bo‘yicha olingan sertifikatlar, ko‘rik tanlovlarda ishtiroki va boshqalar) hamda malaka toifasi, ma’lumoti kabilar inobatga olinishi lozim.
Ketma-ketlikning eng oxirida oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga dars berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Ya’ni, maktabdagi barcha o‘qituvchilar to‘liq dars bilan ta’minlangandan keyingina rahbar xodimlar dars olishlari mumkin.
Bunda ularning malaka toifasi yoki o‘quvchilarining olimpiadalarda olgan o‘rinlari, chet tili bo‘yicha olingan sertifikatlari, ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki yoki boshqa yutuqlari bo‘lgan taqdirda ham dars soati olish uchun da’vogarlik qilolmaydi.
Chunki, ularning egallab turgan lavozimi o‘qituvchi emas, balki rahbarlik lavozimi hisoblanadi. “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda esa maksimal dars soatlari olish huquqi faqat o‘qituvchilarga berilgan.
Xulosa shuki, rahbar xodimlarning mutaxassisligi bo‘yicha olgan malaka toifasi yoki attestatsiyadan o‘tolmaganligi dars soatlarini taqsimlashda rol o‘ynamaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, rahbar xodimlarga ta’lim muassasasidagi o‘qituvchilar to‘liq dars bilan ta’minlangandan keyingina dars soatlari ajratilishi mumkin.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Toshkent Prezident maktabi nufuzli mukofot va 150 ming dollarlik grantni qo‘lga kiritdi
Baho ortidan o‘qituvchiga bosim o‘tkazgan ota-ona jarimaga tortildi
Pedagoglarga mo‘ljallangan imtiyozli avtokreditlar qay tartibda beriladi?
Hilola Umarova nima uchun xorijdan “til egalari” olib kelinganini izohladi
Mavzuga doir yangiliklar
O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Ularga 30 soatgacha dars berish mumkin, ammo...
Qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchi mutaxassis o‘qituvchidan ko‘proq dars olishi mumkinmi?
Dars soatlarini taqsimlashda hisobga olinadigan ko‘rsatkichlar belgilangan
O‘qituvchi darsini qisqartirib, maktabga yana yangi xodimni ishga olish to‘g‘rimi?
Bu mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi
“Tarix” o‘qituvchisi “Huquq”dan dars berishi mumkinmi?
Hozirda “Tarix” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga ushbu fanidan dars soatlari ajratilmaydi
Izohingizni tahrirlang