Hindistonda milliondan ortiq bolalar maktabga bormayapti
Hindistonda 2024-2025-o‘quv yilida maktabga bormayotgan bolalar soni 1,1 million nafardan oshdi. Xabar.uz nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat ta’lim vaziri deputatlardan birining so‘roviga yozma javobida shunga iqror bo‘lgan.
“Ta’lim olish imkoniyati cheklangan bolalar soni eng ko‘p Uttar-Pradesh shtatida — 784 228 nafar, undan keyingi o‘rinlarda Jarkhand (65 070) va Assam (63 848) shtatlari”, - dedi ta’lim vazirining o‘rinbosari Jayant Chaudhari.
Hindiston ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2021–2022-o‘quv yilida maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar jami soni 265 235 830 nafar bo‘lgan.
Shundan 127 335 252 nafari — qizlar, 137 900 578 nafari — o‘g‘il bolalar. 2021-yilda Hindistondagi 1,48 milliontadan ziyod maktabda qariyb 10,55 million nafar o‘qituvchi dars bergan.
Hindistonda maktabga bormagan o‘quvchilar sonini foizlar misolida oladigan bo‘lsak, hind maktablaridagi umumiy davomat ko‘rsatgichi 99.59% ni tashkil etmoqda. Ammo Hindiston ta’lim vaziri qanchalik to‘g‘ri ma’lumot berganligi bizga qorong‘i.
O‘zbekiston maktablaridagi davomat ko‘rsatgichi qanday?
Garchi, Hindistonda darslarga bormaydigan o‘quvchilar son jihatdan ko‘p bo‘lsa-da, lekin bu davomat foizlari bilan solishtirilganda, O‘zbekistonga nisbatan yuqoriroq natija deyish mumkin.
Ya’ni, Hindistondagi o‘quvchilar soni O‘zbekistondagi o‘quvchilar soniga nisbatan 39 barobar ko‘p. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 6 mln 772 ming nafar o‘quvchilar tahsil olib, 2022-yilda maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan, 2023-yilga kelib esa, o‘rtacha davomat 82,5 foizga tushib ketgan.
Davomatning eng past ko‘rsatkichlari yuqori sinf, ya’ni 10-11-sinf o‘quvchilari orasida kuzatilgan, ya’ni 78,4 foizni tashkil etgan.
Shundan so‘ng, O‘zbekistonda majburiy ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash uchun Hukumat Milliy gvardiyani maktab davomatini kuzatish va ta’minlash maqsadida safarbar qildi. Bu esa, ma’lum bir davr mobaynida davomat foizlarining o‘sishiga xizmat qildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Sobiq PIMA xodimi Fan olimpiadalari markaziga direktor bo‘ldi
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga matbuot kotibi tayinlandi
Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktablarda sanitariya sharoitlari yo‘qligi sabab, har 14 ta qizdan bir nafari maktabga bormaydi
O‘quvchilar davomatiga ta’sir qiluvchi omillar
Inspektor-psixologlarning bolalar bilan ishlash bo‘yicha vakolatlari mustahkamlanmoqda
Bu bo'yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Podkast
Milliy gvardiya bizga kerakmi?
Hindistondagi issiq tufayli maktablarda o‘quvchilar hushini yo‘qotdi
Bir sutka ichida kamida 20 kishi vafot etdi.
Izohingizni tahrirlang