Top.Mail.Ru
O‘quvchilarga berilgan darsliklarni kim nazorat qilib borishi kerak?

O‘quvchilarga berilgan darsliklarni kim nazorat qilib borishi kerak?

11:29 / 17.12.2024 2.30k

Savol 

O‘quvchilarga foydalanish uchun berilgan darsliklarning nazorati kimga yuklatilgan? Ya’ni, darsliklarga jild qilinmasligi, yaxshi tutmaganligi uchun o‘quvchilarni kim nazorat qiladi demoqchiman. Sinf rahbarmi? Kutubxonachimi? Fan o‘qituvchisimi?


Javob 

2014-yil 28-aprelda “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligidan 2577-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.


Ushbu nizomning  9-bob, 95-bandiga ko‘ra, darsliklar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, shuningdek o‘quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi. Mazkur nizom bilan kutubxonachilarning ish natijalarini baholash mezonlari ham belgilangan. 


Quyidagilar kutubxonachilarning ish natijalarini baholash mezonlari hisoblanadi:


  • mavjud darsliklar va O‘MQlarni umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnomalarning to‘g‘ri tuzilganligi va saqlanayotganligi;


  • umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasida ish kitoblarining to‘liq va to‘g‘ri yuritilganligi;


  • umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasida mavjud darsliklar va O‘MQlardan foydalanish holatining tahlil qilinganligi;


  • darsliklar va O‘MQlar zarur sharoitlarda va tartibli saqlanayotganligi;


  • umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasidagi darsliklar va O‘MQlar o‘z vaqtida xatlovdan o‘tkazilganligi;


  • foydalanish muddati tugagan darsliklar va O‘MQlar umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasidan o‘z vaqtida hamda to‘liq hisobdan chiqarilganligi;


  • o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida darsliklar va O‘MQlarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish samaradorligi;


  • o‘z faoliyatida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanganligi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • darsliklar

Ulashish