Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Joriy yilning 17-dekabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori mazkur ta’lim muassasasida qimor o‘yini tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, holat Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida aniqlangan.
Ta’lim muassasasi maxsus reyd tadbiri davomida borib o‘rganilganda 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil etib, sheriklari bilan o‘ynayotgan bo‘lgan.
“Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan”, deyiladi Axborot xizmati xabarida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
34 mingta bola nogironligi sabab ta’lim muassasasalariga bormayapti
Mavzuga doir yangiliklar
O‘qituvchi sababsiz 3 kun ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
Bunday xodimga qanday jazo qo‘llasa bo‘ladi?
Bir maktabning o‘zida 54 ta jinoyat sodir etilgani aytildi
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari gapirib bergan
Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi
Qorovul 60 ming so‘m evaziga maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qildi
Saylovchiga 4 tadan ortiq byulleten bergan o‘qituvchi jazolandi
U saylov o‘tkazish qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘ygan
Izohingizni tahrirlang