Saylovchiga 4 tadan ortiq byulleten bergan o‘qituvchi jazolandi
Farg‘ona viloyatida bir saylovchiga 4 tadan ortiq byulleten bergan maktab o‘qituvchisi jarimaga tortildi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi.
Sud qarorida keltirilishicha, kecha, 29-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida fuqaro M.A.ga tegishli huquqbuzarlik ishi ko‘rilgan. Unga ko‘ra, 38 yoshli ayol M.A. joriy yilning 26 avgustida Dang‘ara tuman hokimi qarori asosida tumandagi 541-saylov uchastkasida saylov komissiyasi a’zosi bo‘lgan.
U joriy yilning 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan saylovda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovida ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom talablariga rioya qilmay, fuqaro M.M.ga boshqalar nomidan ovoz berish uchun jami 4 tadan ortiq bo‘lgan saylov byulletenlarini berib, saylov o‘tkazish qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘ygan.
Sudda M.A. sodir etgan huquqbuzarligiga iqror bo‘lgan va harakatlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligi to‘g‘risida ko‘rsatma bergan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51 prim 10-moddasi (Saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzish) bilan aybdor deb topilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida – 375 ming so‘m jarimaga tortilgan. Jarimaning davlat daromadi hisobiga undirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra pedagogni uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, masalan saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etishga jalb qilish uning roziligiga ko‘ra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga, ishdan bo‘sh vaqtida yoki ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Holat reyd tadbiri davomida aniqlangan
O‘qituvchi sababsiz 3 kun ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
Bunday xodimga qanday jazo qo‘llasa bo‘ladi?
Bir maktabning o‘zida 54 ta jinoyat sodir etilgani aytildi
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari gapirib bergan
Nima uchun Hilola Umarova vazir lavozimiga qaytadan tayinlandi?
Ko‘pchilikda nima uchun Hilola Umarova yana qaytadan lavozimiga tayinlandi degan savol tug‘ilishi tabiiy hol
Izohingizni tahrirlang