Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
Xabaringiz bor, bu yil ham an’anaviy ravishda “Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovini o‘tkazgan edik. Ushbu tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘z jamoalari bilan birgalikda juda ham faol ishtirok etishdi.
Kuni kecha, tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ta’lim muassasalari haqida xabar bergandik.
Bugun tanlovda faxrli 1-o‘rinni egallagan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 164-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasiga va’da qilingan pul mukofoti va maxsus tashakkurnomalarni taqdim etish uchun xalqtaliminfo.uz tahririyati direktori Ulug‘bek Po‘latov mazkur ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.
Go‘lib maktab jamoasiga esa pul mukofoti va esdalik sovg‘alar, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda xalqtaliminfo.uz tahririyatining tashakkurnomalari topshirildi.
Tanlovda 2- va 3-o‘rinni egallagan, Andijon viloyati, Andijon shahar 30-umumta’lim maktabi hamda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar 11-ixtisoslashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ham mukofot hamda tashakkurnomalar yetkazildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
6 mln so‘mlik vazir ustamasi oladigan pedagoglar kvotasi tasdiqlandi
Maktablarga elektromobil beriladi: Bunda “Bir million dasturchi”da eng yuqori natija talab etiladi
Mentor-o‘qituvchilarga 20 foizlik ustama to‘lash boshlanadi
2025-yilda pedagoglarning ustama va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi
Mavzuga doir yangiliklar
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Tez kunlarda tanlov g‘oliblar taqdirlanadi
“2025-yil maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun xushxabarlarga boy bo‘ladi” – Hilola Umarova
Hilola Umarova ta’lim tizimi xodimlariga Yangi yil bayram tabrigini yo‘lladi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Bu haqda Prezident qarori imzolandi
O‘qituvchilar “kollektiv” bo‘lib Yangi yil bayramini nishonlashi mumkin emasmi?
Bu bo‘yicha hech qanday taqiq mavjud emas
Izohingizni tahrirlang