O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib jamoaga “Damas” beriladi
O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Musobaqada umumta’lim muassasalarining 7–11-sinflarida tahsil olayotgan 14–18 yoshli o‘quvchi qizlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Musobaqaning asosiy maqsadi, o‘quvchi qizlar o‘rtasida ommaviy futbolni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli sportchilarni aniqlashdan iborat.
Musobaqa uch bosqichda o‘tkaziladi:
- tuman (shahar) bosqichi — joriy yilning 1-5-fevral kunlari;
- hududiy bosqich — joriy yilning 13-17-fevral kunlari;
- Respublika bosqichi — joriy yilning 24-30-mart kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.
Barcha uchrashuvlar FIFA tomonidan belgilangan futbol qoidalari asosida o‘tkaziladi. Final bosqichida jami 16 ta jamoa ishtirok etadi va g‘oliblar shaxsan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan taqdirlanadi.
Musobaqa g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
- 1-o‘rin — “Damas” avtomashina va 250 mln so‘m pul mukofoti;
- 2-o‘rin — “Damas” avtomashina va 200 mln so‘m pul mukofoti;
- 3-o‘rin — “Damas” avtomashina va 150 mln so‘m pul mukofoti.
Shuningdek, respublika bosqichining barcha ishtirokchilari uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maxsus sovg‘alari ham beriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Endilikda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari pul mukofoti, 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar, 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Yangiliklar
Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
Avvalroq tanlov g‘oliblari e’lon qilingandi
Yangiliklar
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Tez kunlarda tanlov g‘oliblar taqdirlanadi
Yangiliklar
Prezident "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan 96 nafar taʼlim xodimlarini mukofotladi
Bu haqda tegishli Prezidentning farmoni imzolandi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang