Top.Mail.Ru
O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib jamoaga “Damas” beriladi

O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib jamoaga “Damas” beriladi

11:09 / 24.01.2026 195

O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora  “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.


Musobaqada umumta’lim muassasalarining 7–11-sinflarida tahsil olayotgan 14–18 yoshli o‘quvchi qizlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.


Musobaqaning asosiy maqsadi, o‘quvchi qizlar o‘rtasida ommaviy futbolni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli sportchilarni aniqlashdan iborat.


Musobaqa uch bosqichda o‘tkaziladi:


  • tuman (shahar) bosqichi — joriy yilning 1-5-fevral kunlari;


  • hududiy bosqich — joriy yilning 13-17-fevral kunlari;


  • Respublika bosqichi — joriy yilning 24-30-mart kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.


Barcha uchrashuvlar FIFA tomonidan belgilangan futbol qoidalari asosida o‘tkaziladi.  Final bosqichida jami 16 ta jamoa ishtirok etadi va g‘oliblar shaxsan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan taqdirlanadi.


Musobaqa g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:


  • 1-o‘rin — “Damas” avtomashina va 250 mln so‘m pul mukofoti;


  • 2-o‘rin — “Damas” avtomashina va 200 mln so‘m pul mukofoti;


  • 3-o‘rin — “Damas” avtomashina va 150 mln so‘m pul mukofoti.


Shuningdek, respublika bosqichining barcha ishtirokchilari uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maxsus sovg‘alari ham beriladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • tanlov
  • rag'bat

Ulashish