Maktab direktori Toshkent shahar MMTBga boshliq bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Iroda Yuldasheva 1977-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1999-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlangan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar MMTB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Husanboyeva Nilufar Qosimboyevna boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergandik.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarda ham informatika fani joriy etiladi

Ba’zi platformalarda bolalarni zararli kontentdan himoya qilish choralari kuchaytiriladi

Mashina haydagan maktab o‘quvchisi o‘z onasi va singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Raxmanov Zafarjon Yashinovich A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Tuman hokimi Samarqand viloyati MMTBga boshliq bo‘ldi
2024-yil 5-noyabrda Paxtachi tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Hamdamov Muzaffar 2025-yil 25-fevral kuni Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

“Zamhokim” Buxoro viloyati MMTBga boshliq bo‘ldi
Ushbu lavozimga Elliyev Hamza Quvvatovich tayinlandi

Toshkent viloyati MMTBga yangi boshliq tayinlandi
Ushbu lavozimga Yuldoshov Maxmud Ma’ruf o‘g‘li tayinlandi
Izohingizni tahrirlang