AQShda ta’lim vazirligi butunlay tugatilishi mumkin

Prezident Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida mamlakatdagi ta’lim va AQSh ta’lim vazirligini dunyodagi eng yomon, deya ta’rifladi.
U ta’lim vazirligini tugatish niyatini shunday izohladi.
“Biz maktablarni shtatlar (hukumatlar boshqaruvi)ga qaytarishni istaymiz. Chunki tom ma’noda dunyodagi eng yomon ta’lim va ta’lim vazirligi bizda”, — dedi Tramp.
Prezidentning fikricha, shtatlar maktablarni boshqarishda dunyodagi eng yaxshi ta’lim vazirliklaridan qolishmaydi.
Donald Tramp birinchi prezidentlik davrida ta’lim va mehnat vazirliklarini qo‘shib yuborishni taklif qilgan, biroq Kongress qarshi chiqqandi.
Tramp saylovoldi kampaniyasida bu vazirlikni tugatishga va’da bergandi, uning fikricha, ta’lim vazirligi — yana bitta byurokratiya, uning vazifasini shtatlar doirasidagi departamentlar bajara oladi.
Prezident Donald Tramp taklif etayotgan modelda ta’lim tizimi markaziy vazirlik tomonidan emas, balki alohida shtatlar yoki mahalliy hukumatlar tomonidan boshqariladi.
Ushbu yondashuv mahalliy ehtiyojlarga moslashuvchanlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, har bir shtat o‘z hududiy sharoitiga mos ravishda ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, federal hukumatning ta’lim jarayoniga aralashuvi kamayadi, byurokratik to‘siqlar qisqaradi va qaror qabul qilish tezlashadi.
Bu boshqaruv usulining salbiy tomonlari ham mavjud bo‘lib, bunda markaziy nazorat kamayishi natijasida ta’lim sifatida shtatlar o‘rtasida tafovutlar kuchayishi ham mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

5 oy ichida Toshkent viloyati MMTB rahbari yana almashtirildi

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimi mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalardan biri deb topildi

Maktablarda aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Sud Ta’lim vazirligini yopishga ruxsat berdi — AQSh
AQSh Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatining Ta’lim vazirligini tugatish borasidagi harakatlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.

Ta’lim inspeksiyasi tashkiloti yana qaytmoqdami?
Vazifalari sobiq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga o‘xshash bo‘lgan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.

Maktabdagi “zavuch” lavozimi tugatilyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda shunday xabarlar tarqaldi

CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi
Bu haqda ta'limga oid taqdimotda aytildi
Izohingizni tahrirlang