Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari ustamaga ta’sir qiladimi?

Savol
Yaqinda o‘tkazilgan Аl-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar (science) olimpiadasidagi o‘quvchilarning natijalari o‘qituvchiga ustama uchun ball berishda hisobga olinadimi?
Javob
Savolga to‘liq javob berish uchun Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasi haqida ham batafsil ma’lumot berib o‘tishni lozim topdik.
Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasi matematika hamda tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya jamlangan holda) yo‘nalishida tashkil etilib, 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Hozirgi kunda Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasi - bu kompleks mahalliy olimpiada shaklida boshlanib, unda tuman (shahar) maktablaridan 7-8-sinf o‘quvchilari qatnashadi.
Ushbu olimpiada jami 5 ta (fizika, kimyo, biologiya, informatika va matematika) fandan tashkil qilinadi. Bunda fizika, kimyo, biologiya fanlari tabiiy fanlar sifatida alohida yo‘nalish qilingan bo‘lib, informatika va matematika fanlari aniq fanlar yo‘nalishi sifatida hududiy hamda viloyat bosqichlari ko‘rinishida o‘tkazib kelinadi.
Faqat shunga parallel ravishda Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning aniq fanlar (informatika va matematika) yo‘nalishi xalqaro olimpiadaga aylantirilgan.
Ya’ni, tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) bo‘yicha olimpiada maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichi bilan yakunlansa, aniq fanlar (informatika va matematika) yo‘nalishi hududiy bosqich yakunlanishi bilan respublika bosqichi o‘tkazilmay, xalqaro olimpiada shaklida o‘tkaziladi.
Demak, Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tabiiy fanlar (science) yo‘nalishi respublika darajasida yakunlanadi, aniq fanlar (informatika va matematika) yo‘nalishi esa xalqaro darajada yakunlanadi.
Mazkur olimpiada natijalari ustama uchun ball berishga asos bo‘ladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari”ga ko‘ra, tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida pedagog xodim o‘quvchisining ishtiroki uchun ball berilishi nazarda tutilgan.
Bunda o‘quvchilarning natijalari asosida pedagog xodimga quyidagicha ball beriladi:
- o‘quvchilar tuman (shahar) miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda – 10 ball;
- o‘quvchilar tuman (shahar) miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda – 20 ball;
- o‘quvchilar tuman (shahar) miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallaganda – 30 ball.
Bunda ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’lumki, 2024-2025-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy ta’rif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etiladigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75-sonli ko‘rsatma xati bilan tasdiqlangan.
Mazkur ro‘yxatda esa Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi ko‘rsatilgan. Ya’ni, ko‘rib turganimizdek, pedagog xodimlarga ustama tayinlashda faqatgina Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi natijalari hisobga olinishi nazarda tutilgan.
Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasining tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishida o‘quvchilar natijaga erishgan taqdirda pedagog xodimlarga ustama uchun ball berilmaydi.
Buning uchun o‘quvchilar Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasining aniq fanlar (matematika va informatika) yo‘nalishida natijaga erishgan bo‘lishlari kerak.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?

Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.

Qanday tadbirlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?
2025-2026-o‘quv yili uchun tadbirlar ro‘yxati

Nechta o‘qituvchiga 70 foizlik ustama berilishi aniq bo‘ldi
O‘zbekistonning pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi Xalqaro ta’lim akkreditatsiya jamiyati (INTEAS) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Izohingizni tahrirlang