Vazir Hilola Umarova Malibu’dan foydalanishga o‘tdi

Xabaringiz bo‘lsa, joriy yil 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilgandi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat idoralarida xorijiy avtomobillar va mebellar xarid qilishni keskin qisqartirish, kelgusida davlat idoralarining xaridlarida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan transport va mebelga ustuvorlik berish zarurligi haqida aytgandi.
Shundan so‘ng, xalqtaliminfo.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog‘lanib, vazir Hilola Umarova ham Mercedes-Benz rusumli xizmat avtomobilidan voz kechib, mahalliy avtomobil — Malibu’dan foydalanishga o‘tganini aniqladi.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘idan so‘ng Bosh vazir Abdulla Aripov ham mahalliy avtomobildan foydalanishga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.

Yangiliklar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarova Londonda nima qilyapti?
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng o‘z delegatsiyasi bilan birga Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgandi.

Vazir Hilola Umarovani yaqindan taniysizmi?
U 2023-yilning 30-dekabrda vazir bo'lgandi

Vazir Hilola Umarova faoliyatiga ikki yil
Vazir bu davr mobaynida qanday islohotlar qildi?

“2025-yil maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun xushxabarlarga boy bo‘ladi” – Hilola Umarova
Hilola Umarova ta’lim tizimi xodimlariga Yangi yil bayram tabrigini yo‘lladi