Yangi o‘quv yilidan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ham attestatsiyaga jalb etiladi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, endilikda majburiy attestatsiyaga ta’lim tashkilotlarining barcha pedagog kadrlari jalb etiladi. Shu qatori o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ham.
Yangi, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglarni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari boshlanadi.
Attestatsiya test sinovlariga jalb qilingan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarga malaka toifalari berilmaydi, bunda ular lavozimini saqlab qolishlari kerak bo‘ladi.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar:
- 55 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, lavozimi saqlangan;
- 55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, o‘qituvchi lavozimiga muvofiq emas, deb hisoblanadi.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi.
Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.
Attestatsiyadan o‘ta olmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarni ketma-ket ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etishga pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarda ham informatika fani joriy etiladi

Ba’zi platformalarda bolalarni zararli kontentdan himoya qilish choralari kuchaytiriladi

Mashina haydagan maktab o‘quvchisi o‘z onasi va singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilar attestatsiya test savollaridan norozimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda geografiya hamda rus tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyada tushgan test savollaridan norozi ekanligi aks etgan xabarlar soni ortib bormoqda.

Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.

Endi attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilarga ancha qiyin bo‘ladi
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan pedagog kadr kasbiy sertifikatni qo‘lga kiritgan xoldagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

O‘qituvchilar 70 foizlik ustama uchun navbatdan tashqari attestatsiyaga to‘lov qilishi kerakmi?
Navbatdan tashqari bahorgi attestatsiyaga to‘lov qilish uchun bir qancha asoslar bor.
Izohingizni tahrirlang