Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining olis hududlaridagi maktablarga o‘quvchilarni tashish uchun maxsus maktab avtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan Samarqand viloyatining olis hududlarida (qariyb 300 km uzoqlikda) joylashgan maktablariga 17 ta “Maktab avtobuslari” xarid qilingan.
Mazkur avtobuslar Qo‘shrabot tumanidagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod o‘quvchiga maktablariga oson va xavfsiz yetib borish imkonini beradi. Avtobus o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘l belgilari, kuzatuv kameralari, tibbiyot qutisi bilan jihozlangan.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan avtobuslar uchun haydovchilarga oylik ish haqi to‘lash, yoqilg‘i bilan ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham inobatga olingan.
Ma’lumki, 2025-yil 3-choragidan boshlab 100 ta maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Davlat dasturi asosida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining olis va chekka hududlaridagi 100 ta maktab uchun avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi

Endi ayrim maktab bitiruvchilariga shahodatnomaga qo‘shimcha kasb-hunar bo‘yicha sertifikat ham beriladi

Izohingizni tahrirlang