Top.Mail.Ru
Rus maktablari yopilishi mumkin — Ozarbayjon

Rus maktablari yopilishi mumkin — Ozarbayjon

23:22 / 03.07.2025 634

Ozarbayjonda rus tilida ta’lim beruvchi maktablar bosqichma-bosqich yopilishi mumkin. Ayrim ota-onalar maktablar bilan bog‘liq WhatsApp guruhlariga bu borada xabarnomalar kelganini bildirgan. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi.


Nashrning “Oxu.az”da e’lon qilingan xabarga tayanib yozishicha, rus tilidagi maktablar bosqichma-bosqich yopiladi va bu qaror ozarbayjon tilining asosiy ta’lim tili sifatidagi mavqeini mustahkamlash, barcha fuqarolarni yagona ta’lim muhitiga integratsiya qilish maqsadida qabul qilingan.


Ma’lumotlarga ko‘ra, kelgusi uch yil ichida rus tilidagi maktablarda ta’lim ozarbayjon tiliga o‘tkaziladi, bu jarayonda o‘qituvchilar uchun qayta tayyorlov kurslari tashkil etiladi.


Hozirda ushbu masala yuzasidan Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligiga so‘rov yuborgan. Ayni paytda rasmiy izoh kutilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekistonda ham “rus maktablarini kamaytirishni taklif qilgandi.


O‘shanda partiya rahbari O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limni ona tilida o‘qitilishi bo‘yicha normani qonuniylashtirishni taklif qilib, fraksiyaning yaqin majlislarida bu masalalar muhokama qilinishini aytgandi.

Izohlar 3

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ozarbayjon

Ulashish