Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Namangan viloyatdagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tuman MMTB boshlig‘i hamda ikkita xususiy bog‘cha rahbarlari o‘zaro til biriktirib, fuqaroning ishonchiga kirishgan. Ular o‘zlarining mansabdor tanishlari orqali fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbirda dastlab, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining rahbari 2500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, undan ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ikkinchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari qo‘lga olingan.
O‘z navbatida, u 1000 AQSH dollarini tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiriga berishi kerakligi aniqlanib, mazkur mansabdor shaxs ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bildirilishicha, hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
Yangiliklar
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida olti nafar ta’lim sohasi xodimi choyxonada qimor o‘ynab o‘tirgan paytda ushlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Yangiliklar
Tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pora so‘ragan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang