Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Savol
B2 darajadagi milliy sertifikat olgandim. Kuzgi attestatsiyada qatnashib, 70 foizlik ustamaga harakat qilib ko‘rmoqchiman. Aytishlaricha, milliy sertifikat uchun maksimal ball berilar ekan.
Agar menga maksimal ball berilsa, pedagogikani yaxshi yechsam, shunda milliy sertifikat bilan birga jami 86 balldan yuqori natija chiqar ekan. Shunda menga 70 foizlik ustama belgilanadimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandida attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi nazarda tutilgan.
Buning uchun pedagoglar attestatsiya test sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, nizomning 36-bandida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet tili yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (avvalgi tizimda 80 ball yoki undan yuqori) darajadagi umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega fan o‘qituvchilariga (boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bundan mustasno) sertifikatning amal qilish davrida navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal ball berilishi hamda ular ushbu o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan ozod etilishi belgilangan.
Ammo, 70 foizlik ustamaga da’vogarlik qilayotgan pedagoglar uchun xalqaro yoki milliy sertifikat uchun ball qo‘shib berilmaydi.
Bunda qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
Ya’ni belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball e’tiborga olinmaydi.
Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega bo‘lishlari mumkin.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandida nazarda tutilgan.
Eslatma: Sayt ma’lumotlaridan foydalanganda manba sifatida xalqtaliminfo.uz saytini ko‘rsatib o‘tish shartligini eslatib o‘tamiz.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – shunchaki “lotereya”
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishni 2026-yilning 10-martiga qadar uzaytirdi.
Yangiliklar
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hali muddati tugamagan malaka toifa sertifikatlarining amal qilish muddati kutilmaganda, hech qanday ogohlantirishlarsiz o‘zgartirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli pedagog kadrlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, testda ushbu savol tushgan pedagoglarning attestatsiya natijalariga tegishli o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq, deb topildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang